
“Bu mukofotni Oq uyga taqib kiraman!”: Shavkat Mirziyoyev Marko Rubioni mukofotladi
Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Uning Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishdagi hissasi eʼtirof etildi. Serjio Gor esa Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash hamda strategik sheriklikni kengaytirishga qoʻshgan hissasi uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.




